Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari Sport maktabida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Bugungi kunda sport maktabida tumanimiz aholisi va ayniqsa yoshlar uchun yanada qulay sharoyit yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Binoning ichki qismlari ta’mirlanib, qizlarning gimnastika bilan shg‘illanishlari uchun sharoyitlar yaratilmoqda. Bu esa yosh sportchilarimizning samarali mashg‘ulot olib borishi, o‘z ustida ishlashi va yuksak natijalarga erishishi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Ishtixon sport maktabining tumanimiz hayotidagi o‘rni beqiyos. Ushbu maskan yillar davomida ko‘plab iqtidorli sportchilarni tarbiyalab, ularni respublika, Osiyo va jahon miqyosidagi musobaqalarga tayyorlab kelmoqda. Sportchilarimizning xalqaro arenalarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari esa barchamiz uchun katta faxr va g‘urur manbaidir.

Deputatlar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida bajarilayotgan ishlarning sifati, muddatlarga rioya etilishi hamda yaratilayotgan sharoitlarning zamonaviy talablarga mosligi alohida e’tiborga olindi. Ta’kidlanganidek, sport infratuzilmasini rivojlantirish — bu yoshlar salomatligi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kelajak chempionlarini tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Yaratilayotgan sharoitlar natijasida sport maktabi tumanimiz aholisi va yoshlar uchun yanada jozibador maskanga aylanishi, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishi hamda yangi sport yulduzlarini tarbiyalashga mustahkam zamin yaratadi.

Slide 1 of 3