Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
“Madad” NNT va Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Zarbdor tuman bo‘limi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hujjatga ko‘ra, tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshiradilar:

•aholiga huquqiy maslahatlar ko‘rsatish;

•sayyor qabullar va uchrashuvlar tashkil etish;

•seminar, davra suhbatlari va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;

•fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda huquqiy hujjatlar tayyorlashda amaliy ko‘maklashish;

•aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirish.

Memorandum imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi va tomonlarning o‘zaro kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjat Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashi kotibiyati mudiri G.F.Xudoyarova hamda “Madad” NNT Zarbdor tumani bo‘limi rahbari M.Sh.Mamatqulov tomonidan imzolandi.
Mazkur hamkorlik fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hududda huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3