35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Tumanda chiqindi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi korxona mas’ullari bilan ularning faoliyatidagi kamchiliklar muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chiqindi yig‘ish shoxobchalaridagi holat o‘rganildi
янв.21
Mahallada ichimlik suvi tarmog‘ini tortish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Chiqindi yig‘ish va olib chiqib ketish xizmati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
“Tashabbusli budjet” takliflari ko‘rib chiqildi
Tumanda chiqindi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi korxona mas’ullari bilan ularning faoliyatidagi kamchiliklar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari M.Ashurov tomonlaridan tumanda chiqindi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi “Rahnamo Servis” MChJ ta’sischisi N.Nurbayev va jamiyat rahbari O‘.Normetov bilan ularning faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🟢O‘rganish davomida mazkur jamiyat Toshkent shahrining Mirobod, Toshkent viloyatining Qibray va Bo‘stonliq tumanlariga xizmat ko‘rsatishlari ma’lum qilindi. Shuningdek, jamiyat tasarrufida 22 dona maxsus chiqindi tashish transportlari mavjud bo‘lib, ularning har kuni 18 tasi ishga chiqishi, 4 tasi ta’mirlash ishlarida bo‘lishi aniqlandi. Shu bilan birga, maxsus transport vositalari yetishmagan paytda chiqindi tashish ishlari to‘xtab qolmasligi uchun jamiyat boshqa tumanlardagi texnikalarini jalb qilib turishlari,

🟢Ma’lum qilinishicha, korxonada jami 87 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Shundan 21 nafari haydovchi, 32 nafari yuk ortuvchi, 18 nafari chiqindi yig‘ish shoxobchalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, 16 nafari boshqaruv xodimlari hisoblanadi. Ayni paytda korxonada mavjud shtat birliklari to‘liq band bo‘lib, vakant lavozimlar mavjud emas.

🟢Deputatlar tomonidan maxsus transport vositalarining texnik holati, ularning ishga chiqish grafigi, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketish imkoniyatlari hamda mavjud texnikadan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Deputatlar tomonidan chiqindi tashish xizmatining aholi uchun qulay va sifatli tashkil etilishi, xizmat ko‘rsatishda uzilishlarga yo‘l qo‘yilmasligi hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holati nazoratga olinishi qayd etildi.

Slide 1 of 5