35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Tumanda chiqindi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi korxona mas’ullari bilan ularning faoliyatidagi kamchiliklar muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chiqindi yig‘ish shoxobchalaridagi holat o‘rganildi
янв.21
Mahallada ichimlik suvi tarmog‘ini tortish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Chiqindi yig‘ish va olib chiqib ketish xizmati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
“Tashabbusli budjet” takliflari ko‘rib chiqildi
IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI

O‘rganish jarayonida “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-415-son, 2016-yil 26-dekabrda qabul qilingan hujjat talablari asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, shahardagi Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha kunlik ish rejasining 5-bandi — mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifatli tashkil etish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar va boshqa ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va manzilliligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularga belgilangan tartibda ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
️Ijtimoiy xizmatlarning sifatli va manzilli ko‘rsatilishini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1