Deputat o‘rganishlari: Soliq inspektori faoliyati tahlil qilindi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Amanov "Do'stlik" MFYda bo‘lib, hududiy soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalar ijrosini nazorat tartibida o‘rgandi.
Ishchi guruh tomonidan soliq tushumlarining ta’minlanishi, qarzdorliklarni kamaytirish dinamikasi hamda mahalladagi tadbirkorlarga berilayotgan amaliy ko‘maklar tahliliy ko‘rib chiqildi.
Jarayon yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish va kelgusida ish samaradorligini yuksaltirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar taqdim etildi.