⚖️ Qonun ijrosi – amalda: Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Anarboyev hamda tuman IIB boshlig‘i hamkorligida joylarda nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi:
🔹 «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ-263);
🔹 «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ-371).
Jarayonda voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlikning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlar samaradorligi tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.