📌 DEPUTAT NAZORATI
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati X. Saidova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Baxmal tumanida barpo etilayotgan 8-sonli umumta’lim maktabi qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda qurilish-me’yoriy talablariga muvofiqligi nazorat qilindi.
Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.