Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
"Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat o‘rganishlari: Soliq inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Bog‘ishamol mahallasidagi ichki ko‘cha shag‘allashtirildi
янв.21
📌 DEPUTAT NAZORATI
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining haftalik ish rejasi tasdiqlandi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
Barlos mahallasi Soylik qishlog‘ida 915 metr uzunlikdagi ichki yo‘l asfalt qoplamasi bilan ta’minlandi.
янв.21
⚖️ Qonun ijrosi – amalda
янв.21
Deputat nazorati: "Qutlugʻobod" MFYdagi muammo oʻz yechimini topdi!
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zolari faoliyati to'g'risida
“Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Bugun xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan tuman laboratoriyasida O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi O‘RQ-165-I sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida laboratoriyaning moddiy-texnik bazasi va faoliyat samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

Mutaxassislar tomonidan laboratoriya faoliyatini yanada takomillashtirish uchun muammolar mavjudligi ma’lum qilindi.

Xususan, laboratoriyada avtoklav, sentrifuga, dozator va probirkalar yetishmasligi, suv hammomi qurilmasiga ehtiyoj mavjudligi, qo‘shimcha sovutgich (xolodilnik), kompyuter va printer zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, laboratoriya binosini ta’mirlash masalasi ham dolzarb ekani ta’kidlandi.

Doimiy komissiya a’zolari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilishini ma’lum qildilar.

Slide 1 of 4