Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
"Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat o‘rganishlari: Soliq inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Bog‘ishamol mahallasidagi ichki ko‘cha shag‘allashtirildi
янв.21
📌 DEPUTAT NAZORATI
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining haftalik ish rejasi tasdiqlandi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
Barlos mahallasi Soylik qishlog‘ida 915 metr uzunlikdagi ichki yo‘l asfalt qoplamasi bilan ta’minlandi.
янв.21
⚖️ Qonun ijrosi – amalda
янв.21
Deputat nazorati: "Qutlugʻobod" MFYdagi muammo oʻz yechimini topdi!
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zolari faoliyati to'g'risida
Ko‘chmas mulk ob’ektlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda beriladigan kompensatsiya to‘lovlari soliqlardan ozod qilindi. O‘zbekiston Respublikasining “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Ko‘chmas mulk ob’ektlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda beriladigan kompensatsiya to‘lovlari soliqlardan ozod qilindi. O‘zbekiston Respublikasining “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

👉O‘RQ-1149, 10.06.2026 yil.

Mazkur Qonun bilan Soliq kodeksining 239, 304 hamda 369-moddalariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan: Ko‘chmas mulk ob’ektlari va (yoki) pul mablag‘lari yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish munosabati bilan yoki shaharsozlik renovatsiyasi amalga oshirilishi natijasida kompensatsiya sifatida berilgan bo‘lsa, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan hollar deb qaralib, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarishda tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma sifatida qaralmasligi;
👉Soliq kodeksining 239-moddasi

Yer uchastkalari kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan, shuningdek shaharsozlik renovatsiyasi amalga oshirilishi natijasida kompensatsiya sifatida beriladigan ko‘chmas mulk ob’ektlari va pul mablag‘lari foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda daromad sifatida hisobga olinmasligi;
👉Soliq kodeksining 304-moddasi

Shaharsozlik renovatsiyasi amalga oshirilishi natijasida kompensatsiya sifatida beriladigan ko‘chmas mulk ob’ektlari va pul mablag‘lari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarishda jami daromad tarkibiga kiritilmasligi belgilandi.
👉Soliq kodeksining 369-moddasi

Slide 1 of 1