Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
🔰 Doimiy komissiya yig‘ilishida jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilind
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xarakat xavfsizligini ta’minlash inson hayotining garovi
янв.21
🔰 TUMAN ADLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🔰 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvohidov tomonidan o'z saylov okrugi fuqarolari uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar, ijtimoiy yordam, yer va kadastr masalalari hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa tegishli tashkilotlar va mutasaddi rahbarlarga belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Bunday qabullar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, fuqarolar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Slide 1 of 5