Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
🔰 Doimiy komissiya yig‘ilishida jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilind
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xarakat xavfsizligini ta’minlash inson hayotining garovi
янв.21
🔰 TUMAN ADLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🔰 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan “G‘alabaqqollik” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi A.Ashurov tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi va ijtimoiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan fuqaro A.Sharipovning Qo‘qon davlat universitetining musiqa yo‘nalishida tahsil olishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berilganligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Talabaning onasi bilan o‘tkazilgan suhbat davomida ko‘rsatilgan amaliy yordamning ahamiyati, yoshning ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ushbu yordam natijasida oilaning ijtimoiy holatiga ko‘rsatilgan ijobiy ta’sir yuzasidan fikrlar tinglandi.

Suhbat davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi va kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun yaratilayotgan sharoitlarning muhimligi alohida ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish va ehtiyojmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2