Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
🔰 Doimiy komissiya yig‘ilishida jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilind
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xarakat xavfsizligini ta’minlash inson hayotining garovi
янв.21
🔰 TUMAN ADLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🔰 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Iste’mol krediti to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

Iste’mol krediti to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

O‘zbekiston Respublikasining “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonuni 2005-yil 22-dekabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda 2006-yil 24-fevralda Senat tomonidan ma’qullangan.

Mazkur qonun fuqarolarga iste’mol ehtiyojlari uchun kreditlar ajratish tartibini, kreditor va iste’molchilarning huquq hamda majburiyatlarini belgilaydi. Qonun iste’mol kreditlari bozorida ochiqlikni ta’minlash, fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish va moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi.

Qonunda kredit shartlari, foiz stavkalari, to‘lov muddatlari hamda tomonlarning mas’uliyati aniq belgilab berilgan bo‘lib, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.

Fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va moliyaviy xizmatlardan oqilona foydalanishni ta’minlashda ushbu qonun muhim ahamiyat kasb etadi.