Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
🔰 Doimiy komissiya yig‘ilishida jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilind
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xarakat xavfsizligini ta’minlash inson hayotining garovi
янв.21
🔰 TUMAN ADLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🔰 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan deputat F.Shakarov bilan birgalikda Yangiobod mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan deputat F.Shakarov bilan birgalikda Yangiobod mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada obodonlashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda yoshlar va fuqarolar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, “Obod mahalla” va “Obod ko‘cha” mezonlari asosida 1800 metr piyodalar yo‘lagi qurilib, 2 ta xonadon ta’mirlangan hamda 80 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgan. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 15 ming tup manzarali ko‘chat ekilgan.

Shuningdek, to‘y va marosimlarni ixcham o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan, sayyor qabullar orqali 8 nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etilgan. Mahalla yettiligi hisobotlari muntazam eshitilib, fuqarolar muammolarining yechimi nazorat qilib borilmoqda.

O‘rganish yakunida mavjud ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2