Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
🔰 Doimiy komissiya yig‘ilishida jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilind
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xarakat xavfsizligini ta’minlash inson hayotining garovi
янв.21
🔰 TUMAN ADLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🔰 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Oydin Daniyarxodjayeva “Sarbon” mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan yozgi ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish yuzasidan tashkil etilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Mahalladagi bolalar va sport maydonchalarining holati ko‘rilib, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash, globallashuv jarayonida yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida yoshlarning faolligini oshirish yuzasidan suhbatlashildi.

Suhbatlar jarayonida mahallada ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilarining shakllantirilgan ro‘yhati asosida hokim yordamchisi bilan birgalikda ularning bandligini ta’minlash, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashib, oliy ta’lim muassasasi va mutaxassislik yo‘nalishini tanlash hamda kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishga yaqindan yordam berish lozimligi haqida tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2