Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
🔰 Doimiy komissiya yig‘ilishida jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilind
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xarakat xavfsizligini ta’minlash inson hayotining garovi
янв.21
🔰 TUMAN ADLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🔰 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati, O‘zLiDeP partiyasi a’zosi A. Anarov Angren shahar Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan birgalikda mahalla hududida o‘rganish ishlarini olib bordi.

#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati, O‘zLiDeP partiyasi a’zosi A. Anarov Angren shahar Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan birgalikda mahalla hududida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud ijtimoiy-maishiy muammolar, obodonlashtirish ishlari, infratuzilma holati hamda aholini qiynab kelayotgan masalalar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Murojaatlar davomida aholi tomonidan kommunal xizmatlar, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan takliflar muhokama qilindi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli tartibda chora-tadbirlar belgilandi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mazkur o‘rganish va uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda hududlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2