Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
🔰 Doimiy komissiya yig‘ilishida jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilind
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xarakat xavfsizligini ta’minlash inson hayotining garovi
янв.21
🔰 TUMAN ADLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🔰 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Aholiga sifatli tibbiy xizmat – deputat e’tiborida

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan Yakkasaroy tumani hududida joylashgan 59-oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Jarayonda tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mavjud sharoitlar, tibbiy jihozlar holati hamda xodimlar faoliyati kompleks tarzda ko‘rib chiqildi.

📝 Poliklinika rahbariyati va tibbiyot xodimlari bilan muloqot davomida mavjud muammolar, xizmat sifatini oshirishga doir takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolar bilan bevosita suhbatlar orqali ularning tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi, dori-darmon ta’minoti va mavjud ehtiyojlari yuzasidan fikrlar tinglandi.

🔎 Mazkur jarayon Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi, xususan aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash masalalari bilan uzviy bog‘liq holda olib borildi. Ayrim jihatlarda, jumladan navbatlar masalasi va zamonaviy jihozlarga ehtiyoj mavjudligi qayd etildi.

🤝 Yakunda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida amaliy choralar ko‘rilib, shifokorlar faoliyati uchun zarur bo‘lgan chek print apparati bilan ta’minlashda deputat tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

🔺 Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar va amaliy yondashuvlar orqali aholining ijtimoiy ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash, muammolarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmatlar sifatini izchil oshirishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 9