Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
🔰 Doimiy komissiya yig‘ilishida jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilind
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputatlik so‘rovlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xarakat xavfsizligini ta’minlash inson hayotining garovi
янв.21
🔰 TUMAN ADLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🔰 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YOZISH BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
#deputatlik faoliyati

#deputatlik faoliyati

#Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati, ko'chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo'llaridagi tirbandliklar, yo'l transport hodisalari ko'p sodir bo'layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar holati o'rnatildi

📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati N.Xaitqulov tomonidan "Galabotir" MFY hududidagi 29-umumta’lim maktabi o‘rganildi. Mazkur tashrifdan asosiy maqsad — yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish, o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni joyida tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

🖇O‘rganish jarayonida maktab oldidan o‘tuvchi yo‘lda transport harakatining serqatnovligi, piyodalar uchun yetarli sharoitlar yaratilmaganligi, yo‘l belgilari va xavfsizlik infratuzilmasining yetarli darajada emasligi, dars boshlanishi va yakunida o‘quvchilar yo‘lni kesib o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani, bu esa yo‘l-transport hodisalari xavfini oshirayotgani aniqlandi.

🚦Deputat ushbu holat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda muhokama o‘tkazib, maktab oldiga svetafor o‘rnatish, qo‘shimcha yo‘l belgilari va piyodalar o‘tish joylarini tashkil etish orqali xavfsizlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidladi.

📖Ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati

Slide 1 of 3