Sessiyada viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim masalalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” boʻyicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha sektor rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Shuningdek, sessiya kun tartibiga kiritilgan, 2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikdan chiqarishning maqsadli
koʻrsatkichlarini koʻrib chiqish, 2024-yilda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning holati, xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining joriy yil uchun ish rejasini tasdiqlash kabi bir qator masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarining axborotlari eshitilib, qizgʻin muhokamalardan soʻng tegishli qarorlar qabul qilindi.