Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KOMBINATNING “OLTIN AYOLI 2025”

 KOMBINATNING “OLTIN AYOLI 2025” 

2025-yil 15-fevral kuni “Uchquduq” madaniyat saroyida “Kombinatning oltin ayoli-2025” tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi. Tanlov “Uchquduq” Hududiy Boshqarmasi, “NKMK” AJ SHKB, “Navoiyuran” DK “Uchquduq” ICHM tashkilotlari
bilan hamkorlikda tashkil etildi.
 

Tadbirda ishtirokchilarni hakamlar hay’ati a’zolari bilan birgalikda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri, “Oqila ayollar harakati” rahbari, tuman targ‘ibot guruhi a’zosi Kamolova Mubina Baxshilloyevna ishtirok etib, baholab bordi. Tanlovda “Uchquduq” Hududiy Boshqarmasi, “NKMK” AJ SHKB, “Navoiyuran” DK “Uchquduq” ICHM da mehnat qilayotgan
xotin-qizlar ishtirok etdi.
 

Tanlov ishtirokchilari 3 ta shart asosida bellashdilar: 

Birinchi shart tanishtiruv, o‘zlari haqida hayotiy faoliyati va amalga oshirayotgan ishlari hamda kelgusidagi rejalari to‘g‘risida
batafsil to‘xtalib o‘tishdi.
 

Ikkinchi shart erkin mavzu, ya’ni ishtirokchilar o‘zlarining qobiliyatlarini namoyish etdilar. 

Uchinchi shartda o‘zbek milliy spektakli “Kelinlar qo‘zg‘aloni”ni barcha ishtirokchilar birgalikda sahnalashtirilgan holda tomoshabinlarga e’tiboriga havola etishdi. 

Tadbir yuqori saviyada va juda qiziqarli tarzda davom etdi. 

Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar final bosqichiga yo‘llanma olishdi. Tanlov ishtirokchilari kasaba qo‘mitalar
tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
  

Slide 1 of 13