35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Mahalladagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi



Aholi murojaatlariga tezkor va amaliy munosabat bildirish — deputatlik faoliyatining bosh tamoyilidir.

Mahallada o‘tkazilgan yig‘ilish yakunlanishi bilanoq, Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, okrug deputati I.Shatova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar hududdagi mavjud muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

Mas’ullar mahallasidagi oqava suv (kanalizatsiya) quvurida yuzaga kelgan nosozliklar va texnik muammolarni joyida ko‘zdan kechirdilar hamda hududda yashovchi aholining e’tiroz va takliflarini tingladilar.

O‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi:

▪️ Oqava suv quvurining nosozligi sababli hududda sanitariya-epidemiologik barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar yuzaga kelayotgani;

▪️ Aholi xonadonlari hamda yo‘l infratuzilmasi uchun noqulayliklar tug‘ilayotgani;

▪️ Fuqarolarning ushbu muammoni qisqa muddatda va sifatli ta’mirlash bo‘yicha haqli e’tirozlari.

Oqava suv tizimidagi nosozliklar aniqlanib deputatning murojaat daftariga kiritildi.

osozlikni bartaraf etish hamda quvurni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 2