35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 18-Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat B. Ahmadov tomonidan saylovchilarning murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etishga ko‘maklashish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
⚡️Shu doirada deputat Qozikenti mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni o‘rganib, ushbu masalani ijobiy hal etish maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi direktori O. Usmonov nomiga deputatlik so‘rovi yubordi.
⚡️Deputatlik so‘rovida mahalladagi elektr ta’minoti holatini joyida o‘rganish, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda aholini elektr energiyasi bilan barqaror va sifatli ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish so‘ralgan.
⚡️Aholining kundalik hayoti va farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi bunday masalalarni o‘z vaqtida ko‘tarish va tegishli tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
⚡️B. Ahmadov mazkur masala ijobiy hal etilib, Qozikenti mahallasi aholisining elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolari bartaraf etilishiga erishish uchun masalani nazoratga oldi.

Slide 1 of 5