35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
CHILONZOR TUMANIDA “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHALARI MUHOKAMA QILINDI

Xabar berganimizdek, bugun Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashining yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Chilonzor tumanida “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumi doirasida kelib tushgan loyihalar ham muhokama qilindi.

Tuman komissiyasi tomonidan mavsum doirasida taqdim etilgan har bir loyiha alohida va atroflicha o‘rganib chiqildi. Loyihalarning belgilangan mezonlarga muvofiqligi, hudud uchun dolzarbligi hamda aholi ehtiyojlariga javob berishi yuzasidan fikr almashildi.

Muhokamalar davomida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy ahamiyati, ularni amalga oshirish imkoniyatlari va kutilayotgan natijalari ko‘rib chiqildi. O‘rganish yakunlariga ko‘ra, belgilangan talablarga javob beradigan loyihalarni navbatdagi ovoz berish bosqichiga o‘tkazish belgilandi.

Ma’lumot uchun, 2026-yil 2-mavsum doirasida loyihalarni saralash bosqichi 3–18-avgust, targ‘ibot bosqichi 19–21-avgust, ovoz berish bosqichi esa 22–31-avgust kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu jarayon fuqarolarning o‘z hududidagi muammolarni hal etishda bevosita ishtirokini ta’minlash, jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va budjet mablag‘laridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2