35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 MAHALLA FAOLIYATI JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-“Katta hayot–Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputati Mirzayev Turg‘un Yo‘ldoshyevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Xo‘janazarov Shuhrat Beknazarovich tomonidan “Katta hayot” mahallasi raisi Rahimov Otaxon Bo‘riyevichning faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📍 O‘rganish jarayonida mahalla raisi xonasida fuqarolar bilan olib borilayotgan muloqotlar, ularning murojaatlari va mahalladagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqish jarayoniga e’tibor qaratildi.
Fuqarolar bilan suhbat davomida ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, mavjud masalalarni o‘rganish hamda tegishli tartibda hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, deputat T. Mirzayev yurtimiz mustaqilligining 35 yilligini “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi ostida munosib kutib olish yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarida har bir fuqaroning faol ishtiroki va tashabbuskorligi muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

🤝 Aholi bilan ochiq muloqot, muammolarni tinglash va ularni joyida o‘rganish — xalq vakilining muhim vazifalaridan biridir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5