35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH – OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIK BARQARORLIKNING MUHIM OMILI

 O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH – OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIK BARQARORLIKNING MUHIM OMILI

O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 6-iyunda qabul qilinib, Senat tomonidan 2023-yil 24-avgustda ma’qullangan hamda 2023-yil 9-noyabrda O‘RQ–877-son bilan kuchga kirgan. Ushbu qonun o‘simliklarni kasalliklar, zararkunandalar va begona o‘tlarning salbiy ta’siridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Qonunning asosiy maqsadi:

🌿 qishloq xo‘jaligi ekinlarini samarali himoya qilish;
🌿 o‘simliklar hosildorligi va sifatini oshirish;
🌿 o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan xavfsiz va oqilona foydalanishni ta’minlash;
🌿 inson salomatligi hamda atrof-muhitni muhofaza qilish;
🌿 oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash.

Mazkur qonunga ko‘ra, o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, ularning sifati va xavfsizligi nazorat qilinishi hamda maxsus talablar asosida saqlanishi va qo‘llanilishi belgilangan. Shuningdek, bu boradagi davlat boshqaruvi, nazorat tizimi va mutasaddi organlarning vakolatlari aniq belgilab berilgan.

🌾 Tabiatni asrash, hosildorlikni oshirish va ekologik muvozanatni saqlash – barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.