35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Tarbiyachilar bilan ochiq va samimiy muloqot

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Andijon shahridagi 56-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Suhbat davomida tarbiyachilarning kundalik faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonida duch kelayotgan masalalari, fikr va takliflari tinglandi.

Muloqotda maktabgacha yoshdagi bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, tarbiyachilar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tarbiyachilar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan fikr almashilib, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Ochiq va samimiy muloqotlar ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, pedagoglarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3