35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
#Hududdagi investitsiya loyihasi ijrosi o‘rganildi

#deputatlar nazorati

#Hududdagi investitsiya loyihasi ijrosi o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi 7-Fayzobod saylov okrugi deputati N.Dushyeva nomidan tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda tuman hokimligi Qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi F.Dadamatov bilan hamkorligida Qorasuv daryosi bo‘yida amalga oshirilayotgan “Sohil bo‘yi” loyihasi doirasidagi ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🛣O‘rganish jarayonida loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, hududni obodonlashtirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda ajratilgan investitsiya mablag‘larining maqsadli va samarali o‘zlashtirilishi holati ko‘zdan kechirildi.

♻️Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va loyiha ijrosini jadallashtirish masalalari yuzasidan mas’ul mutasaddilar bilan fikr almashildi.

Yakunda mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda loyihani belgilangan muddatlarda to‘liq yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 6