35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
19¹-modda ijrosi doirasida nazorat tadbiri.

19¹-modda ijrosi doirasida nazorat tadbiri.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 16-Zang saylov okrugi deputati Qulliyev Ergash hamda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov hamrohligida Bahor mahallasida joylashgan Qo‘zi To‘lakov oilaviy poliklinikasida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, patronaj xizmati faoliyati hamda fuqarolarni ro‘yxatga olish jarayonlari o‘rganildi. Shuningdek, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularga bepul berilayotgan dori-darmonlardan samarali foydalanish holati va ushbu xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarning DMT ro‘yxatiga olinishi, patronaj xizmatining yo‘lga qo‘yilgani hamda aholining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi bo‘yicha mas’ullardan tegishli ma’lumotlar olindi.

Bundan tashqari, poliklinikadagi fitobar faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, unda mavjud dorivor giyohlar va ulardan foydalanish tartibi haqida felsher tomonidan ma’lumot berildi.

Nazorat tadbiri yakunida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, bepul dori-darmonlardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1