35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
#162-Qonun targ'iboti

#162-Qonun targ'iboti

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 16-Zang saylov okrugi deputati Qulliyev Ergash hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–457) mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida mazkur qonunning asosiy maqsadi, ma’muriy organlar faoliyatida qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik va fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, qonun talablariga rioya etish, fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda adolat va xolislik tamoyillariga amal qilish, ma’muriy qarorlarni qonuniy va asoslangan holda qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida qonun normalarini amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish hamda huquqiy savodxonlikni yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1