35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob kelib tushdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomondan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Qo‘qon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limidan rasmiy javob kelib tushdi.

Deputatlik so‘rovida Qo‘qon shahar “Qo‘qchinar” MFY, Toshpo‘lat O‘rozboev ko‘chasi 21-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Xolmatov Jaxongir Baxromovich tomonidan imtiyozli kredit olish masalasida bildirilgan murojaat ko‘rib chiqilgan.

Murojaat asosida fuqaroning holati tegishli mas’ul xodimlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida fuqaroning tikuvchilik yo‘nalishida daromadli faoliyatni yo‘lga qo‘yish hamda tikuv mashinalari, ko‘nikma va malaka kabi imkoniyatlari mavjudligi aniqlandi.

Natijada fuqaro Xolmatov Jaxongir Baxromovichga 30 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i ajratish maqsadga muvofiq deb topildi.

Fuqaro bilan suhbat davomida ajratiladigan imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish, tikuvchilik faoliyatini rivojlantirish hamda kredit mablag‘larini belgilangan muddatlarda qaytarish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, kredit mablag‘larini olish uchun belgilangan tartibda bank tomonidan mustaqil baholash ishlari amalga oshirilishi, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng kredit ajratish jarayoni davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Mazkur deputatlik so‘rovi natijasida fuqaroning murojaati atroflicha o‘rganilib, uning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromad manbaini yaratishga qaratilgan amaliy yechim belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi