35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
“Karmaki” mahallasidagi 33-son maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Kengash_raisi_faoliyati
#dastur_ijrosi #nazorat_tahlil #kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Karmaki” mahallasidagi 33-son maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 21-Karmaki saylov okrugidan deputat B.Mo‘minovning hududidagi “Karmaki” mahallasida tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish reja-jadvaliga muvofiq ishlar ko‘rib chiqildi.

Xususan, “Karmaki” MFYdagi 33-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish, ya’ni mavjud 110 o‘rinli bino o‘rnida 120 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurish ishlari yakunlangani joyiga chiqib o‘rganildi.

Shuningdek, maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, bino va xonalarning jihozlanishi hamda ta’lim jarayonini tashkil etish uchun mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida maktabda amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlari va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ijobiy baholandi hamda aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2