35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Marg‘ilon shahar Kengashining 24-28 avgust kunlari uchun ish rejasi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan yangi ish haftasida deputatlik nazorati, hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlashga qaratilgan qator vazifalar amalga oshiriladi.

Hafta davomida deputatlarning saylov okruglaridagi o‘rganishlari tashkil etilib, aniqlangan muammo va takliflar yuzasidan tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovlari yuboriladi. Shuningdek, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturidagi loyihalar, infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan ishlar o‘rganiladi.

Doimiy komissiyalar faoliyati doirasida tegishli masalalar yuzasidan hisobotlar eshitilib, deputatlar tomonidan aniqlangan muammo va takliflar tartibga solinib, zarur hollarda doimiy komissiyalar muhokamasiga kiritiladi.

Bundan tashqari, Kengash faoliyatini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda o‘rganish hamda yuqori tashkilotlardan kelib tushgan vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Maqsad - deputatlik nazoratini kuchaytirish, hududdagi muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimiga erishish.

Slide 1 of 1