35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Y.Xolmurotov tumanning “Bo‘ston” mahallasi Boʻston ko‘chasida joylashgan 6-sonli ko‘p qavatli uyning elektr energiyasi ta’minotidagi muammoni bartaraf etish ishlarini o‘rgandi.

🔺Fuqarolar bilan muloqotlar davomida ko‘p qavatli uy-joyda istiqomat qiluvchi aholi elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelayotgan muammolar, xususan, elektr tarmog‘idagi nosozliklar sababli ta’minot barqarorligi buzilayotgani yuzasidan murojaat qilgan.

🔺Mazkur murojaat deputat tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ko‘p qavatli uy-joyni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi transformatorning texnik holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish natijasida transformatorda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi aniqlanib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

🔺Deputatlik nazorati ostida transformatorda zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, elektr ta’minoti tizimining barqaror ishlashi uchun tegishli choralar ko‘rildi. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, ko‘p qavatli uy-joyda istiqomat qiluvchi aholining elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammosi bartaraf etildi.

Slide 1 of 2