35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “Eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-son Qonuni asosida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan YaTT “SARDOR JO‘RAYEV” faoliyati ko‘zdan kechirildi. Tadbirkorga hokim yordamchisi ko‘magida qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish va yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan.

Bugungi kunda mazkur mablag‘lar hisobidan tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ishlab chiqarish hajmi va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengaytirilgan. Eng muhimi, tadbirkor o‘z daromad manbasini shakllantirish bilan bir qatorda, mahalladagi 2 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlagan.

Ushbu misol imtiyozli kreditlarning to‘g‘ri yo‘naltirilishi nafaqat yangi tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga xizmat qilayotganini ko‘rsatmoqda.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar orqali kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish, ularning amaliy natijadorligini baholash hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2