35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Termiz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Shu munosabat bilan bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normurodova hamda Kengash kotibiyati xodimi R.Mamashukurovlar deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida Termiz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida:

"Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;

tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni aniqlash, ularni ijtimoiy, huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi;

og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, himoya orderlarini rasmiylashtirish va ularning huquqlarini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;

ayollar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish va ijtimoiy himoya choralari;

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati, ijro intizomi hamda sohaga oid hujjatlarning yuritilishi atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar va bildirilgan takliflar umumlashtirilib, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamalariga kiritilishi hamda tegishli qarorlarda aks ettirilishi uchun Kengash kotibiyatiga taqdim etiladi.