35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Yegitaliyev Ravshanjon Rustamovich tomonidan Bag‘dod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yigitaliyevga 2026-yil 12-avgustdagi 61-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida Bag‘dod tumani "Muqimiy" mahalla fuqarolar yig‘ini "Kumushtola" ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan suyultirilgan maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash masalasida murojaat kelib tushgani qayd etildi.

Murojaatda mazkur ko‘chada yashovchi fuqarolar ikki oydan buyon suyultirilgan maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlanmayotgani, buning natijasida kundalik ehtiyojlarini, xususan, ovqat tayyorlash va boshqa maishiy yumushlarni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelayotganligi bildirilgan.

Shu munosabat bilan deputat so‘rovida "Muqimiy" mahalla fuqarolar yig‘ini "Kumushtola" ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni suyultirilgan maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Slide 1 of 1