35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Ichki ko'chalar xolati o'rganildi.

Ichki ko'chalar xolati o'rganildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tumani Kengashining 15-O'zbekiston saylov okrugi deputati Sh.Radjapov nomidan Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi "Arg'in-Sada" MFYda ichki ko‘cha yo‘llarining holati hamda ko‘chalarni tungi vaqtda yoritish tizimining ishlash samaradorligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida ichki yo‘llarning ta'mirtalab uchastkalari, harakat xavfsizligiga ta'sir etayotgan muammolar, shuningdek, mavjud ko‘cha yoritish chiroqlarining ishlash holati va qo‘shimcha yoritish vositalariga ehtiyoj mavjud hududlar ko‘zdan kechirildi.
✅Mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot qilib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda ko‘chalarni sifatli yoritish orqali aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta'minlash masalalari yuzasidan ularning fikr va takliflarini tingladi.

✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

✅Mazkur masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati

Slide 1 of 2