35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
24-band ijrosi: ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Sessiya oldidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Mazkur yo‘nalishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan tumandagi 82- va 105-sonli umumta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, “Dolzarb 40 kunlik” doirasidagi obodonlashtirish ishlari hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔹 82-sonli maktabda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgani va davom ettirilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, maktabda ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo mavjudligi aniqlandi.
🔹 105-sonli maktabda ham obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish davomida isitish tizimlarida muammolar mavjudligi, isitish vositalarining eskirgani, shuningdek, eski binoning tom qismi eskirgani sababli kuz-qish mavsumida chakka o‘tishi mumkinligi aniqlandi. Bundan tashqari, ayrim eshik va romlarning eskirgani ham qayd etildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasalari hududlarida chiqindilar olib chiqib ketilayotgani va obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani ham ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 7