35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rgan

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov tomonidan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i A.Kanakov ishtirokida tumanning “S.Xondayliq” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim Z.Odilovaning ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksa yolg‘izlar hamda kam ta’minlangan oilalar bilan olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlarini aniqlash, ularning ijtimoiy holatini baholash, manzilli ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish ishlari tahlil qilindi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarga texnik reabilitatsiya vositalari, ijtimoiy xizmatlar, tibbiy ko‘mak va boshqa turdagi yordamlarni yetkazish, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqa va xizmatlarga oid hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar holati ham ko‘zdan kechirildi. Ijtimoiy xodimlar tomonidan har bir murojaatchi bilan individual ishlash hamda ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda manzilli yordam ko‘rsatish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

🔻Deputat o‘rganish jarayonida aholi va nogironligi bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlashib, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish tezkorligi hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalarni tingladi. Aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1