35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan “Bog‘chaovul” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi J.Jo‘raboyev faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida yoshlar yetakchisining mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ishsiz yoshlarni aniqlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunar va tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan yoshlarni tegishli o‘quv kurslariga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔻Shuningdek, yoshlarning o‘zini o‘zi band qilishi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Yoshlarni sport to‘garaklari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik, intellektual o‘yinlar va turli ijtimoiy loyihalarga jalb etish orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

🔻Deputat tomonidan yoshlar yetakchisiga yoshlar bilan manzilli ishlash, har bir ishsiz yoshning muammosini o‘rganib, uning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqqan holda bandligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2