35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
“Davronbek” mahallasida yo‘l holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida ko‘chaboshi Minavvarov Rustamjon bilan suhbat o‘tkazilib, mahalla hududidagi mavjud muammolar va aholi murojaatlari o‘rganildi.

Xususan, Bandi eshon ko‘chasining uzoq yillardan buyon asfaltlashtirilmay kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat, ayniqsa, kuz-qish mavsumlarida aholining harakatlanishida noqulayliklar keltirib chiqarayotgani hamda fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani bildirildi.

Muammoni bartaraf etish, ko‘cha yo‘l qoplamasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida masala deputat N.Shomatov nazoratiga olindi.

Shuningdek, Bandi eshon ko‘chasini asfaltlashtirish masalasini tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaliy ishlarni tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5