35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
“Davronbek” mahallasida xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, mahalla kengashi a’zolari hamda mahalla profilaktika inspektori Meliqo‘ziyev Dostonbek Safarali o‘g‘li ishtirok etdi.

Muhokama davomida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini ta’minlash hamda fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, notinch oilalar bilan manzilli ishlash, tungi nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish hamda mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla hududida jamoat xavfsizligini yanada kuchaytirish maqsadida zamonaviy videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, mavjud kuzatuv tizimlarini kengaytirish va xavfsizlik infratuzilmasini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2