35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 16-Sazag‘on saylov okrugidan saylangan deputat D.Abulqosimova hamda biriktirilgan tashkilotlar mas’ullari tomonidan hududda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan amaliy muloqotlar tashkil etilmoqda.

Ushbu doirada mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Muloqotlarning asosiy maqsadi — «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirlar davomida deputat D.Abulqosimova va soha mutaxassislari mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimidagi huquq va majburiyatlari hamda mahallada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda aholi ishtirokining ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Shuningdek, xonadonbay o‘rganishlar davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolar tinglanib, ularni joyida hal etish va tegishli tashkilotlar orqali yechim topish choralari belgilandi. Aholi bilan bevosita muloqotga asoslangan bunday targ‘ibot tadbirlari fuqarolarning huquqiy bilimlarini boyitish bilan birga, deputat va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2