35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI

 OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman Kengashi deputati M.Sayfidinov, kotibiyat
bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi
rahbari J.Abdurashidov tomonidan Bolalik mahallasidagi 18-son Oilaviy
poliklinika faoliyati o‘rganildi.
 

Muassasada 18 nafar tibbiyot xodimi 4 539 nafar aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya
xizmati ko‘rsatib kelmoqda.
 

O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, dori-darmon
vositalari bilan ta’minlanganlik masalasi, tibbiy jihozlardan foydalanish
samaradorligi, muassasadagi mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi.
 

Muammolar ham aniqlandi. Jumladan, poliklinika shtat tuzilmasida bolalar shifokori shtati
mavjud emasligi, shu sababli biriktirilgan 8-son oilaviy poliklinika
shifokorlari amalda hududga kelib xizmat ko‘rsatmayotgani aholi e’tirozlariga
sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi.
 

Shuningdek, bemorlarga mo‘ljallangan dori-darmon vositalari havo harorati 25°C dan yuqori
bo‘lgan xonada saqlanayotgani aniqlandi.
 

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha
poliklinika rahbariga tavsiyalar berildi.
 

Muammolar yuzasidan tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbariyatiga deputat
so‘rovi yo‘llandi.
 

Aniqlangan kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd
etilib, ularni bartaraf etish jarayoni deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 8