35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan "Qarsoqli" mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda

Mazkur loyiha doirasida mahallada jami 5,9 km ichki yo‘llarni asfaltlash, 1 km piyodalar yo‘lakchasi qurish, 50 dona zamonaviy tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish hamda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 dona artizan qudug‘i qazish va 0,7 kilometr ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari rejalashtirilgan.
Ayni paytda tasdiqlangan reja asosida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, elektr energiya ta'minotini yaxshilsh yuzaasidan yangi beton ustunlar o‘rnatish hamda ichimlik suvi tarmog‘ini qazish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, kommunikatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish va hududni obodonlashtirish ishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari mahalla infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, aholining kundalik turmushiga qulaylik yaratish hamda mahalla qiyofasini yanada obod va ko‘rkam etishga xizmat qiladi.
Obod mahalla — farovon hayot garovi!
Xoshimov O‘tkir Murodullaevich
Xalq deputatlari Qumqo’rg’on tuman Kengashi raisi

Slide 1 of 5