35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
DAYJEST (3-avgust — 7-avgust 2026-yil)

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan joriy hafta uchun rejalashtirilgan barcha tadbirlar to‘liq amalga oshirildi. Hafta davomida tashabbusli budjet loyihalari, mahalliy budjet, tadbirkorlik va iqtisodiy islohotlar, mahallalarda hokim yordamchilari faoliyati hamda qonunlar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

💎 3-avgust — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan 2026-yil 1-mavsumda g‘olib bo‘lgan Tashabbusli budjet loyihalarining bugungi kundagi holati o‘rganildi.

💎 4-avgust — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli masalalar muhokama qilinib, soha bo‘yicha muhim vazifalar ko‘rib chiqildi.

💎 5-avgust — O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna o‘zi saylangan “Jayxun” MFY 15-Keramzit saylov okrugida hokim yordamchisining faoliyatini o‘rgandi.

💎 6-avgust — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Utemuratov Jiyengali Jolimbetovich tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-937, 05.08.2024) ijrosining tumandagi holati nazorat qilindi.

💎 7-avgust — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tomonidan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-263, 29.09.2010) ijrosining tumandagi holati o‘rganildi.

✨ Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar hududlarda deputatlik nazoratini kuchaytirish, tashabbusli budjet loyihalari ijrosini monitoring qilish, mahalliy budjet va iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish, mahallalardagi boshqaruv jarayonlarini o‘rganish hamda qonunlar ijrosini ta’minlashga qaratildi.