35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
“Kalvak guzari” mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan “Kalvak guzari” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ko‘cha boshi Tolipov Fozilxon bilan suhbatlashilib, mahalla hududidagi ichki ko‘chalarda sanitariya va obodonlashtirish holati yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Xususan, Turkiston ko‘chasi 158-A, Yassaviy ko‘chasi 1-A va 2-A ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan chiqindi to‘plash hududlaridagi holat ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur hududlarda chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha “Toza hudud” unitar korxonasi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini o‘rtasida tegishli shartnoma mavjud bo‘lishiga qaramay, chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmayotgani aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur masala joyiga chiqqan holda o‘rganilib, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va hududning sanitariya holatini yaxshilash zarurligi qayd etildi.

Holat deputat F.Qaxxarova nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni tezkor bartaraf etish hamda hududda tozalik va obodonlashtirish ishlarini yaxshilash bo‘yicha kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5