35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
“Kalvak guzari” mahallasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qahharova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “Kalvak guzari” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Adhamov hamda bosh mutaxassis X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, mavjud ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish, hududni obodonlashtirish hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” hamkorligida olib borilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida saylovchilarning fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish hamda mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3