35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
Dizayn, moda va zargarlik yo‘nalishlaridagi sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan shahardagi 6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida dizayn va moda yo‘nalishi hamda zargarlik ishi bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar olib boriladigan o‘quv xonalari, mavjud jihozlar va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Dizayn va moda yo‘nalishida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda zamonaviy dizayn yo‘nalishlarini o‘rganish uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

Zargarlik ishi yo‘nalishida esa o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlari, zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligi, xavfsizlik talablariga rioya qilinishi hamda kasbiy ko‘nikmalarni egallash uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, yoshlarning ijodiy va amaliy salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida mavjud sharoitlarni yanada takomillashtirish va o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3