35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul jarayonlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan shahardagi 6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida qabul jarayonining ochiqligi va shaffofligi, hujjatlarni qabul qilish tartibi, kirish sinovlarining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ota-onalar uchun qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktabdagi ta’lim sifati, moddiy-texnik baza, sinf xonalarining holati, musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi.

Ota-onalar va farzandlar uchun qabul jarayonida zarur tushuntirishlar berilishi, hujjatlarni rasmiylashtirishda qulay sharoitlar yaratilishi hamda kirish sinovlarini belgilangan tartibda tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida yoshlarning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash hamda maktabdagi ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6