35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.

Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "16-Qo‘shchinor" saylov okrugi deputati F.Sarimsaqov hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan "Qo‘shchinor" mahalla fuqarolar yig‘inining "Yangiavlod", "G‘ayrat" va "Yangiqishloq" ko‘chalarida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur ko‘chalarning infratuzilma holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi hamda aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot jarayonida fuqarolar J.Qahramonov va X.Xusanov tomonidan ushbu ko‘chalarda istiqomat qiluvchi aholi uzoq yillardan buyon yo‘llar asfaltlanmagani sababli, ayniqsa yog‘ingarchilik kunlarida qatnovda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan "Yangiavlod", "G‘ayrat" va "Yangiqishloq" ko‘chalarining 3 kilometr qismini asfaltlashtirish zarurligi yuzasidan murojaat bildirildi.

Aniqlangan mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish" daftariga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi. 

Slide 1 of 6